Bugun professional bokschimiz jang qiladi
Rossiyaning Barnaul shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasi doirasida o‘tkaziladigan beshta jangda birida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Izzat Ibrohimov ringga chiqadi.
Izzat faoliyatidagi o‘n birinchi jangini rossiyalik Leon Antonyanga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Izzat Ibrohimovich professional bokschislik faoliyatini 2015 yili boshlagan va dastlabki uchta uchrashuvdan ikkitasida zafar quchgan edi. Biroq, keyinchalik u barcha janglarda mag‘lubiyat alamini totdi.
Hamyurtimiz bu galii raqibi Leon Antonyan professional bokschilik faoliyatini uch oy avval boshlagan va birinchi jangida raqibini nokautga uchratgan.
Bo‘lajak jangda Izzat Ibrohimovga mag‘lubiyatlar iskanjasidan qutilib, g‘alaba qozonishini tilaymiz.

Fikrlar