Evropalik bokschi Shohruzning kuchini tan oldi

  • 22.11.2016 16:50
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatida Shohruz Rahimov chorak finalga yo‘llanma oldi.

Vazni 91 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashayotgan Shohruz Rahimov ikkinchi davrada vengriyalik Richard Koshisga qarshi jang o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda evropalik bokschi hamyurtimizga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Shohruz har bir raundda zarbalar bo‘yicha undan ustun keldi va belashuvni o‘z foydasiga hal qildi.

Shohruz yarim finalga chiqish uchun angliyalik Lyuis Uilyamas bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

81 kilogramm vaznda ringga chiqqan Sanjar Tursunov qozog‘istonlik Bekzod Nurdavlatovga 1:3 hisobida yutqazib, chempionatni tark etdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!