O‘zbek bokschilari jahon chempionatida g‘alaba qozonmoqda

  • 19.11.2016 16:16
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan  boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun omadli boshlandi. 

AIBA  tarixida yigirmanchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada  dunyoning eng iqtidorli 350 nafardan ziyod bokschilari g‘oliblik uchun ringga chiqadi. 

Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschilarimizdan Behruz Rahmonov 64 kilogramm vazn toifasida ozarbayjonlik Baxtiyor Gaziboevni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 69 kilogramm vazn toifasidagi janglarda qatnashayotgan Ulug‘bek Sobirov yaponiyalik Jen Kuronoyagini, 75 kilogramm vazn toifasida Shohruzbek  Rustamov bolgariyalik Egor Skamaroxovni, og‘irligi 81 kilogramm bokschilar orasida Sanjar Tursunov litvalik Vilandas Vilkiukasni   huddi shu hisobda engdi. 

52 kilogramm vazn toifasida dastlabki jangini qirg‘izistonlik Fathiddin Hamroevga qarshi o‘tkazgan hamyurtimiz Otabek Xolmatov bellashuvni 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!