Anastasiya Potapova mag‘lub bo‘ldi
Rossiyalik tennischi Anastasiya Potapova Kanadaning Toronto shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirning ilk davrasidan o‘ta olmadi.
Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Anastasiyaga shveytsariyalik Belinda Benchich qarshilik ko‘rsatdi va 2:6, 1:6 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa "Rogers Cup"ning ikkinchi bosqichiga chiqqan Benchich, navbatdagi bosqichda sloveniyalik Polona Xertsog, yoki germaniyalik Yuliya Gyorgesga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar