Arina Sobolenko bosh sovrinni ko‘zlamoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belaruslik tennischi Arina Sobolenko San-Xose shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tayotgan xalqaro turnirning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Arina musobaqaning yarim finalida xorvatiyalik Donna Vekich bilan raqobatlashib, yakunda 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi. Ular o‘rtasidagi mazkur bahs 1 soat 18 daqiqa davom etdi.

Endi "Mubadala Silicon Valley Classic" birinchiligining bosh sovrini uchun o‘tadigan o‘yina A.Sobolenko xitoylik Chjen Saysayga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!