
"Barsa" qachon Messi bilan muzokaralarga kirishishi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" shu haftada Lionel Messi bilan muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda jurnalist Veronika Brunati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 35 yoshli hujumchi PSJ bilan shartnomani uzaytirmaydi. Shu tariqa, argentinalik yulduz "Kamp Nou"ga erkin agent sifatida qaytadi.
Avvalroq matbuotda "Barselona" Messi bilan yangi shartnomani moliyalashtirish uchun homiy qidirayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Kataloniya klubi hali ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Messi "ko‘k-anorranglilar"ni 2021 yilda tark etgandi.
Fikrlar