Entoni Joshua va Tayson Fyuri jangini qachon ko‘ramiz?

  • 9 yanvar, 20:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Taniqli promouter Eddi Xirn Entoni Joshua va Tayson Fyuri o‘rtasidagi ehtimoliy jangning taxminiy vaqtini aytdi.

Tecno

“Fyuri Usik bilan ikkita juda ajoyib jang o‘tkazdi. Joshua ham Dyubuaga qarshi bahsda yomon harakat qilgan bo‘lsa-da, ajoyib jang ko‘rsatdi. Ikkala yigit ham o‘zining cho‘qqilaridan uzoq emas. Shu bois mazkur to‘qnashuv juda katta kurash bo‘lishi aniq. Ishonamanki, biz ushbu jangni 2025 yilning yoz faslida ko‘ramiz” – dedi Xirn Kris Manninksga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Joshua sentabr oyidagi so‘nggi jangida Daniel Dyubuaga nokaut evaziga yutqazgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!