Messiga Argentinadan xunuk xabar keldi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining Mar-del-Plata shahridagi haykali vandallar tomonidan vayron qilindi, deb xabar berioqda Ahora Mar del Plata nashri.
Manbaning yozishicha, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchining haykali noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragan va ikkiga bo‘lib tashlangan.
Haykal El Nuevo Mundial qahvaxonasi kirish qismida joylashgan edi. Unda futbolchi milliy jamoa libosida, qo‘lida jahon kubogi sovrini bilan tasvirlangan. Skulptura Argentina terma jamoasining 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan edi.
Hozirda sodir bo‘lgan voqeaning sharoitlari o‘rganilmoqda. Shuningdek, haykal yana tiklanishi mumkin yoki undan to‘liq voz kechish masalasini baholash ishlari o‘tkazilishi kutilyapti.
Messi sharafiga o‘rnatilgan haykal ikkinchi marotaba hujumga uchradi. Vandallar 2024 yilda Messi haykalining bosh qismini uzib olgan edi.
Fikrlar