Novak Jokovich va Endi Marrey mashg‘ulotni yakunlay olmadi
Xabaringiz bor kelasi haftada Melburnda "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" turniri boshlanadi.
Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgan serbiyalik Novak Jokovich va britaniyalik Endi Marrey o‘zaro tayyorgarlik mashg‘ulotini o‘tkazishdi.
Novak va Endi faqatgina bir set o‘yin o‘tkazishlari kerak edi. Biroq bahsda Jokovich 6:1 hisobida g‘alaba qozongani bois, tennischilar ikkinchi setni ham o‘ynashdi. Ammo o‘yinda hisob 4:1 bo‘lib turgan bir vaziyatda kortning vaqti tugab qoldi.



Fikrlar