“UFC 259” turniri UZREPORT TV orqali jonli ravishda efirga uzatiladi

  • 23 fevral, 2021, 12:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

AQShning Las –Vegas shahrida “UFC 259” turniri tashkil etiladi. 6 mart (Toshkent vaqti bilan 7 mart tong) kuni start oluvchi ushbu turnirda bir-biridan qiziq janglar bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, Amanda Nunes – Megan Anderson,  Pyotr Yan- Andjameyn Sterling, Dominik Kruz- Keysi Kenni, shuningdek, Islom Maxachev, Tyaga Santos, Jozef Benavides kabi mashhur jangchilar ham oktagonga ko‘tariladi. Markaziy jang esa, o‘rta vazn chempioni Israel Adesanya va yarimog‘ir vazn chempioni Yan Blaxovich o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Quvonarlisi, mazkur turnirning translyatsiya xuquqini UZREPORT TV sotib olgan va ushbu kanal orqali turnirni jonli ravishda tomosha qilish imkoniga egasiz.

Bu borada UZREPORT TVning internetdagi shaxsiy sahifalarida ma’lum qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!