
15 yoshli Kori tajribali tennischilarni qiynamoqda
Avstriyaning Lints shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Upper Austria Ladies Linz" musobaqasi keskin va murosasiz o‘tmoqda.
Birinchi davrada Fiona Ferro (Frantsiya) va Laura Zigemund (Germaniya) o‘zaro kuch sinashdi va ushbu o‘yin 2:6, 7:5, 5:7 hisobida yakunlandi.
Shveytsariyalik Shtefani Fogele amerikalik 15 yoshli tennischi Kori Goffga 3:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, frantsiyalik Kristina Mladenovich esa chexiyalik Katerjina Sinyakovani 6:1, 7:5 hisobida taslim qildi.
Fikrlar