
1994 yildan buyon jahon chempionatlarida bunday sensatsiya bo‘lmagan edi
Kecha 2 dekabr kuni JCh-2022ning “G” hamda “H” guruhlarida so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkazildi va shu tariqa musobaqaning guruh bosqichiga yakun yasaldi.
E’tiborlisi, 1994 yilgi jahon chempionatidan buyon birinchi marta mundial ishtirokchilaridan hech biri guruhda to‘qqiz ochko to‘play olmadi.
Ta’kidlash kerakki, kecha ikki jamoa buni uddalay olardi - Braziliya va Portugaliya. Ammo Braziliya terma jamoasi Kamerunga imkoniyatni boy berdi – 0:1, Portugaliya esa kutilmaganda Janubiy Koreya terma jamoasiga yutqazib qo‘ydi – 1:2.
Ertaga Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 1/8 final bosqichining ilk o‘yinlariga start beriladi. Soat 20:00da Niderlandiya va AQSh terma jamoalari, 00:00da esa Argentina va Avstraliya terma jamoalari uchrashuvlari boshlanadi.
Fikrlar