KXDR Messidan zo‘r futbolchi tarbiyalab, jahon futbolida gegemonlik qiladi
KXDR poytaxti Pxenyan shahridagi futbol akademiyasi murabbiyi Ri Yu-Il mamlakatda Argentina terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Lionel Messidan zo‘r futbolchilar tarbiyalanayotganini ma’lum qildi.
- Biz Lionel Messi kabi o‘yinchilarini orta qoldirishga qodir bo‘lgan superiqtidorli futbolchilarni tarbiyalamoqdamiz, - dedi Ri Yu-Il. - Ular Osiyoda etakchilikni qo‘lga olgach, tez orada jahon futbolida KXDR gegemonligini o‘rnatadi.
FIFAning reytingida KXDR terma jamoasi 126-o‘rinda qayd etilgan.

Fikrlar