Tomas Bax: Yoshlarni sportga jalb qilish kerak

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax yoshlarni sportga qiziqtirish zarurligini, shuningdek, talabalar sportining muhimligini aytdi.

Bax FISU prezidenti Oleg Matitsin bilan Lozannada anglashuv memorandumini imzoladi. Marosimda chiqish qilgan Bax yoshlarning sportga qiziqishi muhim ahamiyat kasb etishi haqida bayonot berdi.

XOQ FISU hamda yoshlarni sportga qiziqtirishga, ularning xalqaro musobaqalarda qatnashish tajribasiga ega bo‘lishiga yordam berayotgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdan xursand, – ta’kidladi Bax.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!