3 may - Jahon matbuot erkinligi kuni

  • 3 may, 2020, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 dekabrdagi (№A/DEC/48/432)  rezolyutsiyasiga binoan 1994 yildan boshlab  har yili 3 mayda Jahon matbuot erkinligi kuni nishonlanadi.

Tecno

Bu boradagi qaror BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning tavsiyasiga binoan qabul qilingan. Undan avval esa YuNESKO Bosh konferentsiyasining 26 sessiyasi  3 mayni Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlash kerak degan taklifni ilgshari surgan edi.

Bu sananing tanlanishi bekorga emas. 1991 yilning 3 may kuni Namibiyada Afrika matbuotini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tib, unda Deklaratsiya qabul qilingan edi. Ananaga binoan har yili Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan BMT bosh kotibi  murojaat bilan chiqadi.         

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!