
3 nafar legionerimiz maydonda harakat qilgan uchrashuvda "Energetik-BGU" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Belarus kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" va "Neman" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda mehmonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Energetik-BGU" sharafini himoya qilayotgan 3 nafar hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov, Shahzod Ubaydullaev va Doniyor Abdumannopov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Bu o‘yin Abdumannopov uchun "talabalar" safidagi debyut bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Doniyor "Andijon"ni tark etib, "Energetik-BGU"ga borib qo‘shilgandi. Shu tariqa, legionerlarimizning jamoasi kubokdagi yurishini nimchorak finalda to‘xtatdi.
Fikrlar