
4 soniya. "Humo" overtaymda kiritilgan shayba natijasida mag‘lub bo‘ldi
Toshkentning "Humo" klubi safarda Tverning "Dinamo" jamoasiga qarshi bahs olib bordi."Yubileyniy" muz saroyida kechgan bellashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi - 3:3.
Kobelev va Plastinin (dubl)lar tomonidan kiritilgan shaybalarga Grigorenko, Eroxin va Ilinlar javob qaytarishdi. Shu tariqa g‘olibni aniqlash uchun overtaymga murojaat etildi.
5 daqiqalik overtaym tugashiga 4 soniya qolganida afsuski Shipovning zarbasidan so‘ng shayba Roman Smiryagin qo‘riqlayotgan darvozadan o‘rin oldi. Shu tariqa "Humo" qatorasiga ikkinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
VXL. Muntazam chempionat
"Dinamo" (Tver, Rossiya) - "Humo" (Toshkent, O‘zbekiston) 4:3 (overtaym)
Shaybalar: 10:53 Kobelev (Verba, Pribilskiy)
12:41 Plastinin (Kobelev, Pribilskiy)
13:07 Grigorenko (Voronin)
15:01 Eroxin (Yatsenko, Mosharov)
Ikkinchi davr
01:19 Ilin (Sinyavskiy, Mosharov)
Uchinchi davr
04:45 Plastinin (Pribilskiy)
Overtaym
04:56 Shipov (Ivanov)
Fikrlar