Diyora Keldiyorovaning qaytishi Evropada munosabat uygʻotdi

  • 16.10.2026 20:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ukrainaning «Dzyudo Art» portali oʻzbekistonlik olimpiya chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorovaning Aktauda tatamiga qaytishiga munosabat bildirdi. 

«Ertaga Aktauda Osiyo ochiq kubogi start oladi.

Diyora Keldiyorova ikki yarim yillik tanaffusdan soʻng Qozogʻistonda yana tatamiga qaytmoqda. Bu — oʻzbek dzyudochisining olimpiya chempioni sifatida, koʻkragida oltin naqsh bilan ilk bor jamoat oldida koʻrinishi boʻladi.

Faqat shuning oʻziyogʻ mazkur musobaqani tomosha qilishga arziyadi», — deya yozadi Ukraina telegram-kanali.

Eslatib oʻtamiz, Keldiyorovaning soʻnggi rasmiy musobaqasi Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlari boʻlgan edi. Ushbu turnirda Diyora 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida finalda Kosovo vakili Distriya Krasnichini magʻlub etib, Oʻzbekiston tarixidagi muhim oltin medallardan birini qoʻlga kiritdi. 

Parij Olimpiadasidan soʻng sportchi dekret taʼtili va farzandli boʻlishi munosabati bilan uzoq muddat musobaqalardan chetda qolgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!