
40 yoshli UFC sobiq chempioni Emelyanenkoni jangga chorlamoqda
Yarim og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Lioto Machida Fedor Emelyanenkoga qarshi oktagonda jang qilish orzusi ekanligini aytib o‘tdi. Avvalroq 40 yoshli jangchi rossiya sportchi faoliyat yuritayotgan Bellator promousheni bilan shartnoma imzolagan edi.
– Emelyanenkoga qarshi jang haqiqiy superjang bo‘lardi, – deya Machidaning so‘zlarini keltiradi MMAFighting. – Men uning muxlisiman, u menga Pride’dagi faoliyatidan beri yoqad. Fedor – haqiqiy chempion.
– Men chaqiruvlarni yaxshi ko‘raman. Emelyanenko bilan to‘qnashuv bo‘lishiga sabablaridan biri har ikkimizning ham Bellator’da shartnomamiz bor. Emelyanenkoga qarshi jang men uchun ham sharaf, ham orzu.
Machida aralash yakkakurashlarda 34 jang o‘tkazib, 24 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar