55 yoshli futbolchi klubini o‘zgartirdi

  • 8 dekabr, 2022, 13:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sudzuka PG" klubida ijara asosida o‘ynayotgan "Yokogama"ning 55 yoshli hujumchisi Kadzuyosi Miura Portugaliyaning ikkinchi divizioni "Oliveyrens" klubiga o‘tdi. Bu haqda A Bola xabar bermoqda.

Tecno

Miura professional darajadagi ilk o‘yinini 1986 yilda "Santos"da o‘tkazgan. U Braziliya, Yaponiya, Italiya, Xorvatiya va Avstraliya klublarida o‘ynagan. 2021 yilda u Yaponiya chempionatining bitta o‘yinida qatnashib, samarali harakatlar qayd eta olmagan.

2020 yilda Miura "Ventforet Kofu" vakili Yukio Tsuchining 2017 yildagi natijasidan o‘zib ketdi. Ya’ni U 42 yoshu 10 oyligida Yaponiya chempionati oliy ligasida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, Miura Yurgen Klopp, Pol Gaskoyn va Roberto Badjolar bilan bir yilda tug‘ilgan va turli xil o‘n yillikda o‘ynagan birinchi professional futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!