Chempionatning vazni 56 kg bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalokov yarim finalda filippinlik Kristian Laurentni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Afsuski, 75 kg vaznda Navo Tamazov qozog‘istonlik Nurbek Oralbayga, -91 kgda Javohir Tog‘aymurodov rossiyalik Igor Federovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa yosh bokschilarimizdan Navo va Javohir jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar