Afsonaviy darvozabonning xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (video)

  • 8 sentabr, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Dortmund shahrida “Borussiya” klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Roman Vaydenfellerning xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, 37 yoshli posbon o‘zining futbolchilik faoliyatini o‘tgan mavsum so‘nggida yakunlagan edi.

O‘tkazilgan xayrlashuv uchrashuvida “Romanning do‘stlari” va “Borussiya” yulduzlari” o‘zaro bahs yuritdi. Shu kuni maydonda Mixael Ballak, Robert Kovach, Per Mertesaker, Lukas Podolski, Marsio Amorozo, Sven Bender, Yens Lemann, Marsel Shmeltser va yana bir qator futbol yulduzlari to‘p surishdi. “Borussiya” yulduzlari” jamoasiga Yurgen Klopp ustozlik qildi.

Uchrashuv 4:1 hisobida “Borussiya” Yulduzlari”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Vaydenfeller esa uchrashuvda 2ta penaltini qaytarish bilan birga 2ta golga mualliflik ham qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!