Aleksandr Ovechkinning ikki shaybasi "Vashington"ga g‘alaba keltirdi

Milliy hokkey ligasining doimiy chempionatida "Vankuver" va "Vashington" jamoalarini o‘yini "Rogers Arena"da o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda "Vashington" jamoasi safarda harakat qilishiga qaramasdan mezbon "Vankuver" klubini 2:5 hisobida engdi.

Chempoinatda "Filadelfiya" o‘z uyila "Kolorado"ga 1:4 hisobida engilgan bo‘lsa,  "Detroyt" ham o‘z muz saroyida "Karolina"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Vinnipeg" esa "Sent-Luis"ni qabul qilib 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!