Amanda Anisimovaning oyog‘i bezovta qilib qoldi

Kecha  "Miami Open - 2018" turnirining ikkinchi davrasiga chiqqan amerikalik Amanda Anisimova musobaqadagi ishtirokini tugatdi.

Bunga sabab, Amandaning o‘ng oyog‘idan olgan jarohati bo‘ldi.

"Men afsus bilan musobaqadagi ishtirokimni erta yakunlayman. To‘pig‘imdan kichik jarohat oldim va turnir bilan xayrlashishga majbur bo‘ldim", - deydi Amanda.

Shu tariqa ispaniyalik Garbin Mugurusa musobaqaning uchinchi davrasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yo‘l oladigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!