Ana Bogdan "Abierto GNP Seguros - 2018"da o‘zini ko‘rsatdi
Ruminiyalik tennischis Ana Bogdan "Abierto GNP Seguros - 2018" turnirining birinchi davrasida g‘alaba qozondi.
U Meksikada o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasida mezbon tennischi Viktoriya Rodrigesni 4:6, 6:4, 7:6 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, Bogdan ikkinchi davrada ispaniyalik Sara Sorribes-Tormo, yoki chexiyalik Tereza Martintsovaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar