
Ana xolos! Moskvaga ketishi aytilayotgan Terrining fikri o‘zgardimi?
Angliyalik afsonaviy himoyachi Jon Terri yana "Aston Villa" safiga qaytishi mumkin. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra jamoa bosh murabbiyi Stiv Bryus 37 yoshli tajribali futbolchinining xizmatlaridan ushbu mavsumda ham foydalanmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Terrining so‘nggi jamoasi aynan “Aston Villa” bo‘lgan edi. U ushbu klubni o‘tgan mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlangach tark etgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jon Terrini Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tishga juda yaqin ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar