Anastasiya Pavlyuchenkova muhim o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
Rossiyalik tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova Ispaniyadagi musobaqaning birinchi davrasidan o‘ta olmadi.
"Mutua Madrid Open" musobaqasining birinchi bosqichida avstraliyalik Samanta Stosurga 1:6, 7:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Stosur endi ikkinchi davrada amerikalik Sloan Stivens va ispaniyalik Silviya Soler-Espinosa uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar