
Anchelotti: Ofsaydsiz futbol boshqa sport turiga aylanib qoladi
Xabaringiz bor yaqindagina FIFAning texnik rivojlanish masalalari bo‘yicha direktori Marko van Basten futbolda ofsaydni (o‘yindan tashqari holat) bekor qilish taklifini bildirgan edi. “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti gollandiyalik mutaxassisning bu boradagi taklifiga nisbatan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men van Bastenga aytganman, ofsaydsiz futbol bu umuman boshqa sport turiga aylanib qoladi. Agar ular boshqa sport turini yaratishmoqchi bo‘lishsa, bu haqda aytishi kerak. Ofsaydni bekor qilish juda qiyin. Futbolga yangi qoidalar kerak albatta. Biroq, avval ularni sinovdan o‘tkazish kerak”, - deydi italiyalik mutaxassis Bild nashriga bergan intervyusida
Fikrlar