Qarshiliklarsiz Qashqadaryo derbisi haqida
Kecha Superligada 21-tur start oldi. Unda Qarshining "Nasaf" klubi "Buxoro"ga hech qanday "non qoldirmadi". Uchrashuv 5-0 hisobida yakunlandi.
Bugun tur davom ettiriladi. Bu safar ham bitta o‘yin o‘tkaziladi.
"Mash’al" - "Sho‘rtan":
Ikkala jamoa ham jadvalning so‘nggi beshtaligidan o‘rin egallashgan.
"Mash’al" "Andijon"ni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin ikki katta klubga qarshi bahslar o‘tkazdi. 20-turda 3-0 hisobida klub "Neftchi"ga engilgan bo‘lsa, O‘zbekiston kubogi chorak finalida "Paxtakor" muborakliklarni ayab o‘tirmadi. Otabek Narzullaev shogirdlari bir tempga tushib ola bilmayapti. Bu ko‘p ehtimol futbolchilar darajasi bilan bog‘liqdir. Shijoat evaziga qaysidir bahsda natijaga erishilayotgan bo‘lsa, ko‘p uchrashuvlarda futbolchilar bu shijoat ko‘rinmayapti.
"Sho‘rtan"ga ham xuddi "Mash’al"ga aytilgan gaplarni ishlatsak arziydi. Ko‘p ehtimol "Sho‘rtan"da holat yomonroq ham bo‘lishi mumkin. Klub oxirgi 10 ta bahsdan faqatgina 2 tasida yutdi.
Raqiblar ham kubokda Pro liga vakili "Aral" va Surxon" edi. Avgust oyidagi 6 ta uchrashuvda esa "Navbahor" va "Bunyodkor" bilan durangga erishildi, xolos. Qolgan 4 bellashuvda salbiy natija qayd etildi. Qo‘shimchasiga, jamoa kubokda ham omadsizlikka uchradi. Eldor Moyliev shogirdlari "Dinamo"dan chorak finalda yirik hisobda engilishdi. Bu ham qaysidir ma’noda omadsizliklarning davomi bo‘ldi.
Statistika
O‘zaro o‘yinlar: 24 ta
G‘alabalar: 15-8
Durang: 1 ta
To‘plar nisbati: 41-19
Yirik g‘alabalar: 5-0, 1-3
Imkoniyatlar: 55/45.
Yahyoxon G‘aniev



Fikrlar