Ander Errera: Kelajakda Reshfordni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshi Markus Reshford haqida gapirib o‘tdi.
“Markus – maxsus futbolchi. U raqibini aldab o‘tishi, turli nuqtalardan zarba berishi va to‘pni o‘zida saqlab turishi mumkin. U noyob va hozirning o‘zida top darajadagi futbolchi hisoblanadi. Biroq, u bundanda yaxshiroq o‘ynashi mumkin. Kelajakda uni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U shuningdek APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Fikrlar