Andre Shyurrle London klubida faoliyatini davom ettiradi

  • 26 iyul, 2018, 08:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Andre Shyurrle faoliyatini "Fulxem"da davom davom ettiradi. 27 yoshli nemis futbolchisi yangi jamoasida ijara asosida to‘p suradi, deya xabar beradi londonliklar rasmiy sayti.

Tecno

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Chempionshipdan Angliya Premer-ligasiga chiqqan "Fulxem" bilan Shyurrle o‘rtasidagi ijara kelishuvi ikki yilga mo‘ljallangan. Futbolchi bu jamoada 14-raqam ostida to‘p suradi.

O‘tgan mavsum Shyurrle "Borussiya D" safida 18 o‘yinda (11 tasis asosiy tarkibda) 1 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan. "Borussiya D"ga Andre 2016 yil yozida "Volfsburg"dan o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!