
Argentinalik nokautchi: Pakyao menga qo‘ng‘iroq qilsin!
Professional boksning ayni paytdagi eng yorqin yulduzi - Menni Pakyaoni ringga chaqirayotgan charm qo‘lqop ustalari safi kengayib bormoqda.
Argentinalik Lukas Matisse vazn toifasini o‘zgartirdi va 6 may kuni ikkinchi yarim o‘rta og‘irlikda amerikalik Emmanuel Teylor qarshi ringga chiqadi. 37 tajangdan 24 tasida nokaut qayd etgan argentinalik bokschi Menni Pakyao bilan jang qilishni istamoqda.
- So‘nggi to‘rtta jangda og‘irligimni birinchi yarim o‘rta vaznga to‘g‘rilashga qiynaldim, - dedi Lukas Matisse. - Yangi vaznda qiziqarli bokschilar ko‘p. Xususan, Menni Pakyao bor. Agar u men bilan jang qilishni istasa, menga qo‘ng‘iroq qilsin. U bilan jangga tayyorman.
Menni Pakyao navbatdagi jangini 2 iyul kuni avstraliyalik Jeff Xornga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar