
Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi
Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyi Vardan Minasyan iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 44 yoshli mutaxassis terma jamoani joriy yilning aprelidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvidagi jamoa UEFA Millatlar ligasining ilk turida Lixtenshteynni (2:1) engan bo‘lsa, ikkinchi turda kutilmaganda Makedoniyaga (2:0) imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar