
"Arsenal" "Bayer" futbolchisi uchun 30 mln taklif qilmoqda
Germaniyaning “Bayer” klubi xujumchisi Leon Beyli faoliyatini Angliyada davom etirishi mumkin.
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Londonning “Arsenal” klubi bir necha hafta davomida futbolchini kuzatib borgan. Transfer narxi taxminan 30 million evroga teng. Bu haqida mirror.co.uk nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli forvard ushbu mavsumda Germaniya chempionatida 14 uchrashuvda maydonga tushib, 6 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan va 4 marta assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar