"Ashxobod-2017"ning futzal bellashuvlariga qur’a tashlandi

  • 25 avgust, 2017, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yilning sentyabr oyida Turkmanistonda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Hisob bo‘yicha beshinchi Osiyo o‘yinlarining futzal bellashuvlariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Xitoy, Afg‘oniston, BAA va Maldiv terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Musobaqada 18ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda kurash olib boradi. Ikkita guruhda beshtadan, yana ikkita guruhda to‘rttadan jamoa o‘rin oldi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l olishadi. 1/4 final g‘oliblari yarim finalga chiqishadi. 1/2 finalda g‘alaba qozonganlar finalda chempionlik uchun kurashsa, mag‘lub bo‘lgan ikki jamoa bronza medallari uchun o‘zaro bellashadi.

 "Ashxobod-2017"ning futzal bellashuvlari 16-26 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning qur’a natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

"A" guruhi:

Turkmaniston
Vetnam
Xitoy Taypeyi
Gongkong
Solomon orollari

"B" guruhi:

O‘zbekiston
Xitoy
Afg‘oniston
BAA
Maldiv

"C" guruhi:

Tailand
Yaponiya
Livan
Indoneziya

"D" guruhi:

Eron
Qirg‘iziston
Iordaniya
Taiti

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 1-turni 18 sentyabrda BAAga qarshi o‘tkazadi.

Manba: ufa.uz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!