"Atletiko" Oblakka yangi shartnoma taklif qilib, uning maoshini va tovon pulini oshirmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Yan Oblak bilan tuzilgan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “matraschilar” 25 yoshli sloveniyalik posbonning maoshini 2 barobarga oshirib, u bilan kelishuvni 2023 yilga qadar uzaytirishmoqchi. Agar ushbu shartnoma imzolansa, Oblakning tovon puli 100 million emas, balki 250 million etib belgilanadi.
“Atletiko”ning bunday qarorga kelishi jahon transfer bozorida darvozabonlar narxining keskin oshgani bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Londonning “Chelsi” klubi kecha “Atletik” Bilba darvozaboni Kepa Arrisabalagani 80 million evroga xarid qildi va bu borada jahon rekordini o‘rnatdi.



Fikrlar