“Australian open-2017”: Amerikalik qizlar yarim finalga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida dastlabki ikki yarim finalchining nomi ma’lum bo‘ldi.

 

Musobaqada AQSh sharafini himoya qilayotgan Vinus Uilyams rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvni 6:4, 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Chorak finalning ikkinchi uchrashuvida amerikalik Koko Vandevege ettinchi raqamda saralangan ispaniyalik Garbine Mugurusani 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Vinus va Koko musobaqaning yarim finalida o‘zaro raqobatlashadi.

Yana ikki yarim finalchi ertaga Karolina Plishkova (Chexiya, 5) — Miryana Luchich-Baroni (Xorvatiya), Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 9) — Serena Uilyams (AQSh, 2)o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!