Bahodir Jalolovning professional ringdagi ilk raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 01.05.2018 12:31
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov 5 may kuni professional ringdagi faoliyatini boshlaydi. Ushbu bokschimiz ilk jangini Nyu-Yorkdagi “Foxwoods Casino” arenasida o‘tkazishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Sports.uz internet portaliga ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizning professional boksdagi ilk raqibi meksikalik Xyugo Truxilo (4-0-1, KO2) bo‘ladi.

Bu bokschi 2013 yildan beri professional ringda faoliyat yuritib kelmoqda va shu vaqtga qadar 5 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 1 durang qayd etgan. U so‘nggi marta ringga 2017 yil aprel oyida ko‘tarilgan va hamyurti Daniel Ernandesdan mag‘lub qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!