"Barselona" Messiga o‘rinbosarni "Borussiya" Dortmunddan topdi
Dortmunding “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho “Barselona”ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.
Transfermarketweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kataloniya super klubi 18 yoshli angliyalik futbolchini o‘z etakchisi Lionel Messiga kelajakda munosib o‘rinbosar bo‘la oladi deb hisoblashmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Sanchoning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Jeydon joriy mavsum Bundesligada jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar