"Barselona"ning sobiq futbolchisi "Milan" a’zosiga aylandi
Italiyaning “Milan” klubi “Gamburg” yarim himoyachisi Alen Xalilovich bilan shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli xorvatiyalik futbolchi “rossonerilar” bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tish lozimki, “Barselona”ning sobiq a’zosi so‘nggi bir yarim mavsumni “Las-Palmas” safida ijara asosida o‘tkazgan.
Fikrlar