“Barselona”ning sobiq himoyachisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 18 may, 2017, 11:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubidagi faoliyati bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan, ayni damda esa “Valensiya”da faoliyat olib borayotgan Martin Montoyya  Moskvaning “Spartak” klubi qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 26 yoshli himoyachiga moskvaliklar bosh murabbiyi Massimo Karreraning shaxsan o‘zi jiddiy qiziqib qolgan. Ta’kidlash kerakki, Montoyyaning “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Martin asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u 2016 yilda kataloniyaliklar safini tark etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Spartak” yakunlanayotgan mavsum muddatidan avval Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi va ular kelgusi mavsum Chempionlar ligasidagi ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!