
"Bavariya" yozgi transferlar uchun 255 mln evro sarflaydi
Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transferlar davrida tarkibni kuchaytirish uchun 255 million evro sarflaydi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra ushbu mablag‘lar birinchi navbatda "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes, "Chelsi" vingeri Kallum Xadson-Odoyi, "Bayer" xavbeki Kay Xavets va "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerlarni sotib olishga qaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, Niko Kovach boshchiligidagi jamoa ayni damda Bundesligada peshqadam “Borussiya” Dortmunddan 6 ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar