“Barsa” Chempionlar ligasini “yondirgan” yulduzni olmoqchi

  • 21 avgust, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” hujum chizig‘ini Frantsiya chempionati va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi Dezire Due bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Indykaila News manbasining ma’lum qilishicha, Kataloniya superklubi tez orada 20 yoshli futbolchining transferini bosh maqsad qilgan yangi loyihani boshlaydi.

Klub xo‘jayinlari jamoani qisqa fursatda Evropa futboli gegemoniga aylantirmoqchi va bu jarayonda asosiy vazifani Lamin Yamal va Dezire Due tandemiga yuklamoqchi.

Dezire aslida “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Pari Sen-Jermen” hujum chizig‘ining uchala nuqtasida o‘ynay oladigan iqtidorli futbolchini 50 million evroga transfer qilgan edi.

PSJda ishlari yurishib ketgan Due debyut mavsumidayoq mamlakat chempioni va Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Ayniqsa, uning Chempionlar ligasi finalida “Inter” darvozasiga ikkita gol urgani salohiyatining yorqin namunasi bo‘ldi.

O‘tgan mavsum dami 61 ta uchrashuvda 16 tadan gol va assist qayd etgan Duening transfer narxi Transfermarkt  portali ekspertlari tomonidan 90 million evroga baholanmoqda. Uning poytaxt klubi bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!