
"Bavariya"ning 10 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi(video)
Bugun Germaniya Bundesligasida 24-tur o‘yinlari davom ettirildi. Amaldagi chempion – Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida Berlinning “Gerta” jamoasini qabul qildi.
“Alyants-Arena” stadionida kechgan qarama-qarshilikda hisob ochilmadi. Shu tariqa, “Bavariya”ning ketma-ket 10 o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabali seriyasi poyoniga etdi.
Quyida esa ushbu o‘yinda yuzaga kelgan xavfli vaziyatlar aks etgan video bilan tanishasiz.
Fikrlar