
"Bayer" mavsumlar oralig‘idagi ilk transferini amalga oshirdi (foto)
Berlinning "Gerta" klubi himoyachisi Mitchell Vayzer rasman yangi mavsumni “Bayer”da boshlaydigan bo‘ldi.
Leverkuzenliklar rasmiy saytining xabar berishicha 24 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. “Dorishunoslar” uning transferi uchun berlinliklarga 12 mln evro to‘lashdi.
Ma’lumot uchun, Vayzer “Gerta” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu klub safida jami 80ta uchrashuvda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga 6ta gol kiritishga erishgan. U shuningdek Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida 12ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar