Bellator jangchisi professional boksda ikkinchi g‘alabasini tantana qildi

  • 17 iyun, 2018, 07:20
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik bokschi va aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Maykl Peyj professional bokschilik faoliyatidagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu jangda Peyjga polshalik bokschi Mixal Chyak raqiblik qildi.

Tecno

Peyj jangni ishonchli tarzda boshladi va birinchi raundning o‘zidayoq raqibini nokdaunga uchratdi. Ikkinchi raund boshida esa aniq va kuchli o‘ng qo‘l zarbasi bilan jangni yakunlab qo‘ya qoldi.

Peyj uchun bu boksdagi ikkinchi g‘alaba. U har ikkisida ham nokautga erishgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peyj MMAda 13-g‘alabasini tantana qilgan edi. Londonda o‘tgan Bellator 200 shousida Devid Rikels taslim etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!