Bilasizmi, “Dinamo” Toshkentda “Bunyodkor”ni bir marta mag‘lub etgan

  • 20.04.2017 12:16
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Oliy liga 7-turi doirasida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan “Bunyodkor” rasmiy sayti o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ushbu uchrashuv jamoalarning o‘zaro hisobdagi o‘n to‘qqizinchi uchrashuvi sifatida qayd etiladi. Bungacha o‘tkazilgan o‘yinlarning 15tasida “qaldirg‘ochlar”ning qo‘llari baland kelgan. Ikki uchrashuv durang natija bilan yakun topgan. Yana bitta o‘yinda samarqandliklar g‘alaba qozongan. To‘plar farqi 35:8, “Bunyodkor” foydasiga.

“Bunyodkor” va “Dinamo” jamoalarining o‘zaro o‘yinlari to‘purari Server Jeparov hisoblanadi. Samarqandliklar darvozasiga kiritilgan gollarning beshtasiga aynan Server mualliflik qilgan.

Quyida Toshkentda o‘tgan o‘zaro o‘yinlar qaydnomalaridan ko‘chirmalar bilan tanishishingiz mumkin.

BUNYoDKOR - DINAMO 2:1 (0:0)

20.10.2007. 24-tur. Toshkent. MHSK. 7000 tomoshabin

Bosh hakam: Ravshan Ermatov-8,8

Gollar: Mo‘minjonov 58 (1:0), Mo‘minjonov 62 (2:0), F.Tojiev 90+3 (2:1)


BUNYoDKOR - DINAMO 4:0 (1:0)

18.04.2008. 6-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 6726 tomoshabin

Bosh hakam: Oleg Rubakov-8,4

Gollar: Jeparov 21 (1:0), Gochguliev 54 (2:0), Baqoev 72 (3:0), Jeparov penalti 85 (4:0)


BUNYoDKOR - DINAMO 2:0 (1:0)

09.11.2009. 30-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 2713 tomoshabin

Bosh hakam: Rustam Bobomurodov-8,2

Gollar: Soliev 28 (1:0), Soliev 68 (2:0)


BUNYoDKOR - DINAMO 2:1 (1:0)

06.05.2010. 8-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 6736 tomoshabin

Bosh hakam: Valentin Kovalenko-8,4

Gollar: Ristich 37 (1:0), Irismetov 62 (1:1), Bozorov 70 avtogol (2:1)


BUNYoDKOR - DINAMO 2:0 (0:0)

24.09.2011. 21-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 2118 tomoshabin

Bosh hakam: Olim Tolibjonov-8,6

Gollar: Ibroximov 70 (1:0), Trifunovich 89 (2:0)


BUNYoDKOR - DINAMO 2:1 (0:1)

23.09.2012. 18-tur. Toshkent. "Jar" stadioni. 521 tomoshabin

Bosh hakam: Viloyat Najafaliev

Gollar: Ahmedov 40 penalti (0:1), J.Hasanov 53 (1:1), Soliev 57 (2:1)


BUNYoDKOR - DINAMO 4:1 (2:1)

05.10.2013. 21-tur. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 1162 tomoshabin

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Gollar: Shotursunov 7 (0:1), L.To‘raev 38 (1:1), J.Hasanov 45+2 (2:1), Pishur penalti 56 (3:1), Pishur 83 (4:1)


BUNYoDKOR – DINAMO 0:1 (0:0)

23.08.2014. 17-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 1763 tomoshabin

Bosh hakam: Murod Muhamedov-8,0

Gol: Azamat Bobojonov 90+4


BUNYoDKOR – DINAMO 1:0 (0:0)

23.05.2015. 10-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 1080 tomoshabin

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy) – 7,7

Gol: Sardor Rashidov 78

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!