
"Binokor" overtaymda mag‘lub bo‘ldi, "Humo" – peshqadam
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining beshinchi turida «Binokor» «Semurg‘»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 4:4 hisobida yakunlandi. Bahs g‘olibini aniqlash uchun overtaymga murojaat qilindi. Qo‘shimcha vaqtlarda «Semurg‘» omadliroq chiqdi va yakunda 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ikkinchi uchrashuvda esa «Humo» o‘zining to‘rtinchi g‘alabasini nishonladi. Bu safar jamoa «Toshkent»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekiston chempionati. 5-tur.
«Semurg‘» – «Binokor» – 5:4
«Toshkent» – «Humo» – 1:3
Ertaga chempionatning 6-tur bahslari boshlanadi. Unda «Humo» «Binokor»ga qarshi bahs yuritsa, 24 fevral kuni «Toshkent» – «Semurg‘» qarama-qarshiligini tomosha qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Fikrlar