Birinchi liga. "Surxon" da bosh murabbiy o‘zgardi
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana birinchi ligaga qaytgan Termizning «Surxon» jamoasi yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa yaqinda Toshkentdagi yig‘ini tugatib, qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.
Bungacha bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Vali Keldiev endilikda yordamchi sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Bosh murabbiylikka esa navoiylik Obid Xudoyorov tayinlangan. Keldievningaytishicha, Toshkentdagi yig‘in so‘nggida rahbariyat shunday qarorga kelgan.
Endi «Surxon» 6 mart kuni navbatdagi yig‘inga kirishadi. Shu kuni jamoa a’zolari Termizda to‘planadi. Tarkibdagi o‘zgarishlar esa davom etadi.



Fikrlar