
Birinchi raqamli tennischi kutilmaganda qoqildi
Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan xalqaro tennis turnirining ikkinchi davrasida hech kim kutmagan natija qayd etildi.
Musobaqada reytingi eng baland tennischi sifatida birinchi raqamda saralangan avstriyalik Dominik Tim o‘zidan kuchsiz tennischiga yutqazib qo‘ydi.
Gruziyalik Nikoloz Basilashvili uchrashuvda dadil harakat qildi va o‘yinni 6:4, 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Hozirgacha yakunlangan o‘yinlar natijasi bilan tanishing:
David Goffen (Belgiya, 2) — Radu Albot (Moldaviya) 6:2 6:7 6:3
Roberto Bautista-Agut (Ispaniya, 4) — Sedrik-Marsel Shtebe (Germaniya, Q) 7:6 6:3
Martin Klijan (Slovakiya, 8) — Daniel Brands (Germaniya, Q) 7:6 6:2
Jil Myuller (Lyuksemburg, 5) — Mixail Yujniy (Rossiya) 6:3 7:5
Viktor Troitski (Serbiya, 9) — Robin Xase (Niderlandiya) 2:6 6:4 7:6
Nikoloz Basilashvili (Gruziya) — Dominik Tim (Avstriya, 1) 6:4 6:4
Fikrlar